

"O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi aniq kelishib qo'yilgan. Turkiyada faqat bir jamoa bilan o'ynash uchun bormaslik maqsadida biz yana bir raqib izlamoqdamiz. Hozirda Ruminiya bilan muzokara ketmoqda", - deydi Moldova futbol federatsiya vice-prezidenti Ion Testemicanu.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov o'z intrevyusida Moldova terma jamoasi bilan bo'ladigan o'rtoqlik o'yini haqidagi xabarlarni asossiz deb aytgandi.
Aslida esa O'zbekiston terma jamoasi hamda Moldova o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lishi haqidagi xabarni O'FF rasmiy sayti chop etgandi.
Moldovaning "moldsport" sayti ham "O'zbekiston terma jamoalar markazi direktori Testemicanuning gaplarini inkor etdi", degan sarlavhali xabarda Asqar Tolibjonovning so'zlarini keltirgan.



