
Ayni paytda Xalqaro futbol federatsiyasida Zepp Blatter prezidentligining 4 muddati davom etayapti va bu muddat 2015 yil tugaydi. 77-yoshli shveytsariyalik rahbardan keyin prezident bo'lishi kutilayotgan Platini, bu masalani Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati-2014 yildan keyin ko'rib chiqishini ma'lum qilgan.
“Men UEFAda baxtliman, menga shu yerda juda qulay va bu yerda o'zimni o'z uyimdagidek his etaman. Bazi bir do'stlarim, jurnalistlar va boshqa bir qator rahbarlar mening qarorimni kutishayapti. Biroq men FIFA prezidentligiga jiddiy qiziqmayapman”.