

"Aleksey "Atalanta"da oxirigacha o'ynamoqchi va shunday bo'ladi ham. Bu hayot, bu ish. Aleksey nima qilayotganini bilardi. U kurashmoqda.
Yuqori raqobat, u kurashmoqda. Ruhni tushirmaydi. Pessimizm yo'q. Yomon kayfiyat ham yo'q", - deydi agent.
25 yoshli xavbek joriy mavsum A Seriya doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.



