Rasman: "Lokomotiv" rossiyalik darvozabon transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2026
"Lokomotiv" jamoa tarkibini kuchaytirish yo'lida darvozabon Aleksey Kozlov bilan shartnoma imzoladi.

"O'tgan mavsumda Qirg'iz Respublikasining "Neftchi" klubi tarkibida harakat qilib, 25 o'yinda 1 gol urgan va 4ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan rossiyalik darvozabon yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi", – deyiladi xabarda.

26 yoshli Kozlov faoliyati mobaynida "Spartak-2", "Irtish", "Torpedo-BelAZ", "Gomel", "Minsk", "Kaspiy", "Naftan", "Slaviya", "Neftchi" Qo'chqor-Ota jamoalarida harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати