O'zbekistonlik darvozabonlar murabbiyi faoliyatini Qirg'iz Respublikasida davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025, 17:40
Darvozabonlar bilan ishlash bo'yicha mamlakatning yetakchi mutaxassislaridan biri sanalgan Nikita Shkvirin Qirg'iz Respublikasining "Neftchi" (Qo'chqor-Ota) klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Shkvirin so'nggi bir necha yil davomida "Paxtakor" yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. Shuningdek, u "sherlar"ning asosiy darvozabonlari murabbiyiga ham yordam bergan. Otabek Boymurodov, Nikita Shevchenko, Vladimir Nazarov va Maksim Murkaev (hozirda "Surxon"da o'ynamoqda) kabi darvozabonlar Shkvirin qo'l ostida mashg'ulotlar olib borgan.

33 yoshli mutaxassis UEFAning murabbiylik licenziyalariga ega (ham darvozabonlar bilan ishlash, ham umumiy murabbiylik bo'yicha).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia