"Barsa”, PSJ, "Inter”, "Yuve”, "Monako" va "Portu" klublari rossiyalik futbolchiga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
11 yanv 2026, 17:36
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga Yevropaning bir qator grand klublari qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, "Portu”, PSJ, "Barselona”, "Inter”, "Monako" va "Yuventus" 20 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda.

Takidlanishicha, “temiryo'lchilar” Alekseyni faqat 35-40 million evroga sotishga tayyor.

Batrakov RPL joriy mavsumida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur