Milner: "Buyog'iga "Liverpul" sovrinlarga ko'nikishni o'rganishi kerak"

Mirjalol Normatov
18 dek 2019, 21:29
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milnerning fikriga ko'ra, jamoa sovrinlar yutishga ko'nikishi kerak.

"Bu erga kelganimdan keyin ilk sovrinni tezda qo'lga kiritishim kerak edi. Biroq jamoamiz bir necha finallarda omadi kelmadi va mag'lub bo'ldi. Biroq biz xarakter ko'rsatib, oldinga intilaverdik. "Liverpul"ni faqatgina bir sovrin orqali eslashlarini istamayman. "Liverpul" doimo sovrinlar yutib yuradigan jamoa sifatida yoddan chiqmasligini xohlayman.

Ha, bilaman, sovrinlar yutish va kollekciyani boyitish oson ish emas. Ammo bundan buyog'iga jamoa sovrinlarga ko'nikishni o'rganishi kerak", - dedi Milner.

Bugun "Liverpul" klublar o'rtasida JCH finali uchun o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express