Milikning qaysi klubga o'tishni xohlayotgani ma'lum bo'ldi

19 may 2020, 08:57
Futbolchi “Napoli”dan ketishni xohlamoqda.

“Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik klubdan yozda ketishni xohlamoqda. Uning istagi Madridning “Atletiko” klubi safiga borib qo'shilishdan iboratligi takidlanmoqda. Polshalik hujumchining neapolliklar bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.

“Napoli” forvardini 40 mln evroga baholamoqda.

Joriy mavsum Arkadiush A Ceriya doirasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport