"Milan"ning yozgi transferlar oynasidagi maqsadlari ma'lum

Mirjalol Normatov
9 iyun 2023, 22:50
Bir yo'la to'rt futbolchi "Milan"ning asosiy transfer maqsadiga aylandi.

"Rossoneri" short-listidan "Ayntraxt" himoyachisi Evan Ndika, erkin agentga aylangan Yuri Tilemans va Markus Tyuram, shuningdek, "Vilyarreal"da o'ynagan Samuel Chukveze o'rin olgan va milanliklar ularni tarkibga olib kelish uchun jiddiy bel bog'laydi.

Oldinroq "qizil-qoralar" Nikolo Dzanioloni A Seriyaga qaytarish uchun harakatlar olib borishi borasida ma'lumotlar tarqagandi. Biroq "Galatasaray" futbolchisini qo'yib yuborishni istamagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal