"Milan" Xonda uchun 10-raqamni olib qo'ydi

Tolibjon Qosimov
2 sen 2013, 17:54
SSKA yarim himoyachisi Keysuki Xonda "Milan"ga o'tganidan so'ng 10-raqam ostida to'p suradi, deya xabar bermoqda Sport Mediaset.
"Milan"ning ganalik yarim himoyachisi Kevin-Prins Boatengning "Shalke"ga o'tishi, Xonda uchun nafaqat Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat fuqorosi uchun ajratilgan joyni bo'shatdi, balki futbolkasidagi 10-raqamni ham tashlab ketdi. Biroq futbolchining "Milan"ga o'tishi qishga qoladigan ko'rinadi. Jamoalar transfer narxi bo'yicha kelisha olishmadi. Endi esa futbolchi terma jamoa safida bo'lgani uchun kelishishga ulgurishmaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru