"Milan" Teo o'rnini "Real" futbolchisi bilan to'ldirmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025, 16:24
"Real" himoyachisi Fran Garsiya A Seriyaga o'tishi mumkin, deb xabar berdi AS.

25 yoshli himoyachiga "Milan" qiziqish bildirmoqda.

"Rossoneri" uni Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga o'tgan Teo Ernandesga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Shartnoma 18 million evroga teng bo'lishi mumkin.

Garsiya o'tgan mavsum 31 o'yinda qatnashib, 2 ta golga assistentlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS