Milan ketma-ket 4-uchrashuvda yutqazib o'z antirekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2017, 19:40
A seriya 23-turida Milan o'z maydonida Sampdoriyaga mag'lub bo'ldi (0:1).

Oldinroq klub ketma-ket uchta uchrashuvda yutqazgandi: Italiya A seriyasida Napoli (1:2) va Udinezega (1:2), Italiya kubogida Yuventusga (1:2) imkoniyat boy berilgandi.

Shu tariqa, Milan ketma-ket 4-o'yinda mag'lub bo'lib o'z antirekordini takrorladi. Bunday noxush seriya Milan shahri klubida oltinchi bor kuzatilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive