"Milan" ikki nafar futbolchi transferi ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
12 iyul 2022, 21:10
"Rossoneri" tarkibni kuchaytirishning turli variantlarini qarab chiqmoqda.

"Milan" "Bryugge" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare va "Chelsi" xavbeki Hakim Zieshni sotib olish ustida ishlamoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

"Rossoneri" hali bu transferlar bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. Shunga qaramay, "qizil-qoralar" yuqoridagi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy bel bog'lagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano