"Milan" futbolchisi APL top klubiga o'tish borasida qaror chiqardi

Alisher
2 fev 2025, 12:54
"Tottenxem" "Milan" bilan himoyachi Fikayo Tomorining transferi borasida kelishuvga erishdi.

Londonliklar futbolchi uchun 26,5 million evro to'lashga tayyorlar. Ammo, angliyalik "Tottenxem"ga o'tishni istamadi. Tomori qarori haqida "Milan" rahbariyatini ogoh etdi. Himoyachi mavsumni "rossoneri" safida tugatib qo'ymoqchi.

Fikayo Tomori "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Angliyalik "Milan" safiga 2021 yilda o'tgan va italyan jamoasida jami 163ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it