"Milan" Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatdi

Alisher
31 yanv 2021, 12:38
"Milan" texnik direktori Paolo Maldini jamoa darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish borasidagi mavzuni ko'tardi.

"Biz shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatdik, transferlar oynasi yakunlanishini kutmoqdamiz. 

Klub bizga byudjet doirasida yangi o'yinchilarni taklif qilish imkoniyatini yaratdi", - deydi Maldini.

Donnarummaning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: msn.com