"Milan" Diasni "Real"dan xarid qilmoqchi yoki ijarani uzaytirmoqchi

Alisher
14 may 2021, 13:07
"Milan" "Real"ga tegishli yarim himoyachi Braim Diasni saqlab qolmoqchi.

"Rossonerilar" tez orada Madrid klubi bilan 21 yoshli ispaniyalik futbolchining xaridi bo'yicha muzokaralar o'tkazadi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Diasning o'zi ham "Milan"da qolmoqchi. Agar "Real" xavbekni sotishga rozi bo'lmasa, "Milan" ijara muddatini kelasi mavsum uchun uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira