

Unda mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchdi. “Neradzurrilar” forvardi Romelu Lukaku qatorasiga beshinchi marotaba “Milan derbisi”da raqib darvozasini ishg'ol etib, bunday natija erishgan ilk futbolchiga aylandi. Mazkur seriya 2019 yil sentyabrida boshlangan edi.
Shuningdek, belgiyalik chempionat joriy mavsumidagi gollari sonini 17 taga etkazib olgan holda to'purarlar poygasida “Yuventus” a'zosi Krishtianu Ronaldu (16 ta gol)ni quvib o'tdi.



