"Milan" Boateng uchun kurashda "Arsenal"ga qarshi kurashni kuchaytirmoqda

Alisher
26 apr 2021, 14:22
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng uchun yana bir da'vogar topildi.

"Milan" ortiq rahbariyat rejalariga kirmayotgan 32 yoshli germaniyalik futbolchi bo'yicha "Arsenal" bilan kurashga qo'shilmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" Boateng bilan erkin agent maqomida xayrlashadi.

Futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Italia