

- Birinchi navbatda bu o'yinga bor e'tiborimizni qaratganimizni ta'kidlab o'tmoqchiman. Oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Lekin bugun mamlakatimizning eng kuchli jamoalaridan biri - "Paxtakor" bilan o'ynaganimizni yoddan chiqarmaslik kerak. Biz harakat qildik va maqsadimizga erishdik. Bugungi natija bilan barcha jamoa a'zolarini tabriklayman. Biz kamtarona jamoa bo'lsak ham bosqichma-bosqich yaxshilanishga harakat qilyapmiz.
"Paxtakor"chalik katta jamoa bo'lmasak ham, lekin katta va ahil oilamiz. Biz barchamiz maqsadlarimiz sari olg'a harakatlanyapmiz va bu safar maqsadimizga erishdik. Bu mavsumda "Paxtakor"ga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman.
- Aziz Isakov "Paxtakor" tarbiyalanuvichisi. Bugun u sobiq jamoasiga qarshi uynadi. Uning harakatlarini qanday baholaysiz?
- Agar u o'z ustida ishlashda davom etsa O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiriladi.



