Migel Alvares: "Ijobiy natija uchun bitta men emas, klubdagi barcha harakat qilyapti"

Iskandarov Abdulaziz
24 okt 2022, 22:13
"Surxon" bosh murabbiyi Migel Alvares "Qizilqum"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida

- Biz juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Raqibni etarlicha o'rganib chiqqan edik. "Qizilqum"da tajribali murabbiy ishlayapti. Ularga omad tilayman. 

- "Surxon" mavsum o'rtasida bunday o'yin ko'rsatmayotgandi. Futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz?

- Ijobiy natija uchun nafaqat men, klubdagi hamma harakat qilyapti. Biz o'yinimizni o'zgartirishga urinib ko'rdik. Natijani ko'ryapsiz. Yomg'irda uzoq masofa bosib kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham rahmat aytaman. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia