"Metallurg" 15 yanvar kuni "Bunyodkor" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2014, 12:59
“Metallurg” hozirda Chirchiqda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda.

Aleksandr Kovalyov tarkibga qaytgan. Shuningdek betobligi sababli yig'inga kela olmayotgan Mamur Ikromov ham ayni paytda jamoa bilan birga shug'ullanmoqda.

15 yanvar kuni bekobodliklar Toshkentda “Bunyodkor” bilan sinov-nazorat bahsida maydonga tushadi.

18 yanvarda ham “Metallurg” o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Raqib jamoa “Olmaliq” yoki “Lokomotiv” bo'lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari “Metallurg” fevral oyida xorijda yig'in o'tkazish uchun Turkiyaga borishi mumkin. Bu masala hozircha rasman tasdiqlangani yo'q.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia