Messining ketishidan "Barselona" qancha zarar ko'radi?

Mirjalol Normatov
9 avg 2021, 22:55
"Brand Finance" konsalting firmasi Leo Messining ketishidan "Barselona" qancha zarar ko'rishini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Kataloniya klubining umumiy zarari 137 million dollarni tashkil qiladi. Shulardan 77 millioni homiylik mablag'lariga to'g'ri kelsa, 43 millioni klub atributlariga to'g'ri keladi. "Barselona" brendi narxi esa 11 foizga pastlashi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Messi butun faoliyatini "Barselona"da o'tkazayotgandi. U jamoa tarkibida 778 o'yinda 672 gol va 305 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Brand Finance