Messi va Verratti "Lion"ga qarshi o'yin uchun 8 bahoga loyiq ko'rildi, Mbappeda – 4 ball

Sherzod Nurmatov
19 sen 2022, 18:59
Lionel Messi va Marko Verratti "Lion" bilan o'yin uchun eng yuqori bahoni oldi.

Argentinalikning 5-daqiqada urgan goli Fransiya chempionati 8-turida PSJga g'alaba olib keldi (1: 0).

"L’Équipe" 35 yoshli hujumchiga 8 baho qo'ydi. Xuddi shu reyting ball Verrattiga ham berildi. Neymarning o'yini esa 7 bahoga loyiqligi tasdiqlandi.

PSJ tarkibidan eng past baho Kilian Mbappe, Danilu Pereyra, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma nomiga qayd etildi – har biri 4 balldan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Équipe