Messi rekordlar haqida: "Bularning barchasi yaxshi, lekin faqat jamoaning muvaffaqiyati muhim"

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 17:58
Lionel Messi Argentina terma jamoasining JCH-2022dagi muvaffaqiyati uning uchun rekordlardan muhimroq ekanini aytdi.

JCH-2022 yarim finalida Xorvatiya darvozasiga penaltidan urilgan gol (3:0) Messi uchun Jahon chempionatlaridagi 11-gol bo'ldi. Hujumchi o'rtasidagi JCHda gol urish bo'yicha argentinaliklar orasidagi rekordni yangiladi – Gabriel Batistuta hisobida 10 ta gol bor.

"Bularning barchasi yaxshi, lekin faqat jamoaning muvaffaqiyati muhim. Bizda faqat bir qadam qoldi. Qattiq kurashdik va endi bu safar muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimizni beramiz", – dedi Argentina terma jamoasi sardori.

Argentina va Fransiya o'rtasidagi JCH-2022 finali 18 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: This Day Live