Messi qachongacha PSJ safida maydonga tushmasligi ma'lum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
14 avg 2021, 08:50
PSJning yangi futbolchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 2-tur doirasida "Strasbur"ga qarshi o'yinda ham ishtirok eta olmaydi.

Argentinalik futbolchi hali formaga kirib ulgurmagan. Uning debyuti 29 avgustgacha sodir bo'lmaydi. O'sha kuni parijliklar 4-tur doirasida "Reyms"ga qarshi o'yin o'tkazishadi. 

Bugungi o'yinda Idriss Guyening safga qaytishi kutilmoqda. Bahsda Neymar, Di Mariya, Peredes, Markinos, Verratti va Donnarummaning maydonga tushishi so'roq ostida. Serxio Ramosda esa jarohat bor. 

Eslatib o'tamiz, PSJ - "Strasbur" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:55dan so'ng boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: La Parisen