Messi Kuman bilan tenglashdi. Oldinda esa 7 futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
2 okt 2022, 08:35
Fransiya chempionati 9-turida PSJ 2:1 hisobida “Nicca”ni taslim etdi.

Mazkur uchrashuvdagi hisob 28-daqiqada parijliklar forvardi Lionel Messi tomonidan ochildi. Messi jarima zarbasini mukammal tarzda amalga oshirdi.

Argentinalik qatorasiga 2-o'yinda standartdan gol urdi. Avvalroq, u Argentina TJ safida Yamayka (3:0)ga qarshi bahsda ikki golidan birini jarima zarbasidan urgandi.

Shu tariqa, Leo jarima zarbalaridan urilgan gollari sonini 60 taga etkazib, ushbu natija bo'yicha tarixdagi eng yaxshilar ro'yxatida 8-o'rindagi Ronald Kuman bilan tenglashdi.

1. Junino Pernambukano – 77 ta;

2. Pele – 70;

3-4. Viktor Legrotale – 66;

3-4. Ronaldinyo – 66;

5. Devid Bekxem – 65;

6-7. Diego Maradona – 62;

6-7. Ziko – 62;

8. Ronald Kuman, Lionel Messi – 60 tadan;

9-10. Rojerio Seni, Marselino Karioka – 59 tadan;

11. Krishtianu Ronaldu – 58.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia