Messi: "Koronavirus har birimizga xavf solmoqda. Biz bundan xavotirdamiz"

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2021, 16:22
Argentina hujumchisi Lionel Messi koronavirus haqida fikr bildirdi.

"Koronavirus har birimizga xavf solmoqda. Biz bundan xavotirdamiz. Barcha qoidalarga amal qilishga harakat qilyapmiz, ammo bu u qadar oson emas.

Barchasiga bo'ysunib, boshqa jamoalar bilan ko'rishyapmiz, ular bilan o'yinda koronavirusga chalinish xavfi mavjud. Bunday bo'lmasligi uchun qo'limizdan kelganini qilyapmiz. Ammo baribir vaziyat bizga bog'liq emas", – dedi "Barselona" forvardi.

Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi Argentina hamda Kolumbiyada o'tishi lozim edi, biroq koronavirus tarqalishi kuchaygani sababli turnir Braziliyaga ko'chirildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Olé