Messi JCH-2022 haqida: "Favoritligimizni bilardik, Saudiyadan uchralgan mag'lubiyat esa bizni erga tushirib qo'ydi"

Aziz Tukhtamuradov
2 dek 2023, 09:45
Lionel Messi JCH-2022 vaqtlarini esladi.

"Qatarga borgan vaqtimizdanoq, musobaqa g'olibligi uchun da'vogar ekanligimizni bilardik. Bu haqida ommaviy tarzda gapirishni istamasdik, ammo jamoa ichida bunga ishonardik. 

Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyat bizni erga tushirib qo'ydi. Musobaqada har qanday raqib qiyin edi. 

Raqib Niderlandiya, Braziliya yoki boshqa top jamoa bo'lsa ko'proq muammo bo'ladi, ammo Avstraliya ham qiyin raqib edi. Ular shu bosqichgacha yetib kelishdimi, demak barchasini to'g'ri bajarishgan.

Umumiy olganda esa Argentina doim favorit bo'lgan", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN