Messi - YCHLda ketma-ket 16 mavsumda gol urgan ilk futbolchi

21 okt 2020, 08:52
“Barselona” YCHL 1-turida “Ferencvarosh” klubini 5:1 hisobida tor-mor qildi.

Kataloniyaliklar hujumchisi Leo Messi uchrashuvning 27-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. Natijada Messi YCHLning ketma-ket 16 mavsumida gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Qayd etish joiz, MYU yarim himoyachisi Rayan Giggz ham Chempionlar Ligasining 16 mavsumida gol urgan. Biroq Giggz ketma-ketlik borasida maqtana olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: MisterChip