Messi deyarli barcha ko'rsatkichlar bo'yicha yetakchi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2019
Barselona sardori Lionel Messi LaLiganing yakunlangan mavsumida juda yorqin o'yin ko'rsatdi.

Squawka nashri Ispaniya chempionatining 2018/19 yilgi mavsumiga bag'ishlangan statistik ko'rsatkichlarda ham kataloniyaliklar forvardining yetakchiligini ko'rish mumkin.

Messi 15 yo'nalishning, 14tasida yetakchi sifatida qayd etilgan. Jumladan, gollar, paslar, zarbalar, aniq zarbalar, yaratilgan vaziyatlar, golga yaqin yaratilgan vaziyatlar, xet-triklar, jarima maydoni ichi va tashqarisidan urilgan gollar, eng ko'p qo'pollik ishlatilgan futbolchi, darvoza ustuni va to'siniga eng ko'p zarba yo'llagan futbolchi, raqib jarima maydoni atrofida eng ko'p fol ishlatilgan va aniq uzatmalarni amalga oshirgan futbolchi sifatida peshqadamlikni qo'lga kiritgan.

Faqatgina bitta ko'rsatkich, yani, raqiblarni aldab o'tish borasida Leo ikkinchi pog'onani egallagan. Bu borada yetakchilik esa Selta a'zosi Sofyan Buffalga nasib qilgan.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi hujumchisi bugun 32 yoshni qarshilamoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka