Messi cirk tomoshalari uyushtiradigan kompaniya bilan hamkorlikni boshladi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 14:44
"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi teatr, xoreografiya, akrobatik va cirk janrlarini o'z ichiga olgan Cirque du Soleil kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlagani haqida ma'lum qildi.

Messi "Instagram"dagi sahifasiga masxarabozning burniga o'xshash buyumni tepayotgani aks etgan videoni joyladi. Forvard Cirque du Soleil yozuvi tushirilgan futbolkada edi.

Cirque du Soleil yangi shousida Messining Argentinadan Barselonaga o'tganidan keyingi hayoti tasvirlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/leomessi