Messi - beshinchi "Oltin butsa" haqida: "Yoshligimda televizorga chiqishni orzu qilardim"

Mirjalol Normatov
18 dek 2018, 20:17
"Barselona" hujumchisi Leo Messi qo'lga kiritilgan beshinchi "Oltin butsa"si haqida gapirdi.

"Faoliyatimni boshlaganimda bunday bo'lishini kutmagandim. Shunchaki professional futbolchi sifatida televizorga chiqishni orzu qilardim.

"Oltin butsa" mening va jamoadoshlarimning mehnati mevasi. Men dunyoning eng yaxshi jamoasida o'ynayman. Bu esa hayotni anchagina engillashtiradi.

Shukurki, jismonan, ruhan, har tomonlama o'zimni yaxshi his qilyapman. Yillar o'tgan sayin odam o'zi haqida qayg'urar ekan. Butun faoliyatim davomida men atrofimdagi barcha insonlar haqida ham o'yladim.

Oldinda o'yinlar ko'p, tatil esa kam. Shunday ruhda davom etishi uchun ko'proq ishlashim kerak", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports