Messi - "Barselona"ning yangi sardori

Tolibjon Qosimov
10 avg 2018, 20:37
"Barselona" klubi yangi mavsumda kim jamoa sardori bo'lishini e'lon qildi.

Andres Inesta Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga o'tib ketgan edi. Endi Lionel Messi kataloniyaliklarning yangi sardori etib tayinlandi. "Ko'k-anorranglilar"ning undan keyingi sardorlari Serxio Buskets, Jerar Pike va Serxi Roberto bo'ladi. Ularning barchasi "Barselona" akademiyasi bo'lmish "La Masia" tarbiyalanuvchilaridir.

2018-2019 yilgi mavsum uchun "Barselona" sardorlari:

1. Lionel Messi
2. Serxio Buskets
3. Jerar Pike
4. Serxi Roberto

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbarcelona.es