Messi "Barselona"dan norozi

Aslanov Jasurbek
28 fev 2018, 14:10
"Barselona" hujumchisi Lionel Messiga klub "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni sotib olishga urinishi yoqmayapti.

Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda. Oldinroq, "Barselona" Grizmanni sotib olishga qaror qilgani, fransiyalik futbolchi esa "ha" degani e'lon qilingan edi. Lionel Messi nima sababdan Kataloniya klubi qaroriga qarshi ekanligi ma'lum emas.

26 yoshli hujumchi joriy mavsum LaLiganing 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express