

Futbol afsonasi Lionel Messi Qatar-2022 finalida Fransiya ustidan qozonilgan tarixiy g'alabada ishtirok etgan Argentina terma jamoasi a'zolari va xodimlarining har bir a'zosi uchun 35 ta oltin iPhone buyurtma qilgani ma'lum bo'ldi.
Qiymati 175 000 funt sterlingga baholangan 24 karatli tilla bilan qoplangan smartfonlarda futbolchilarning ismlari, raqamlari va Argentina terma jamoasi logotipi o'yib yozilgan. Manbaning takidlashicha, Messi ushbu lahzani nishonlash uchun o'zgacha va rang-barang ish qilmoqchi bo'lgan. U tadbirkor Ben Layons bilan bog'landi va ular birgalikda dizaynni ishlab chiqdilar.




"U ajoyib g'alabani nishonlash uchun barcha o'yinchilar va xodimlarga maxsus sovg'a taqdim qilmoqchi ekanligini aytdi, lekin u bu narsa odatiy sovg'a – soat bo'lishini xohlamadi. Men ismlar yozilgan tilla iPhone'larni taklif qildim va bu g'oya unga yoqdi", – dedi Ben Layons.
Argentina JCH-2022 finalida Fransiyani mag'lub etdi. Messi uchun bu uning faoliyatidagi beshinchi chempionat edi, ammo bu safar u birinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi.



