Messi Agueroning faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
15 dek 2021, 20:25
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hujumchi Serxio Agueroning faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Deyarli butun kareramiz birgalikda o'tdi. Bizda yuksalishlar va pasayishlar bo'ldi, ammo bularning barchasi bizni faqat birlashtirdi va do'stlashtirdi.

Yaqinda Amerika Kubogidagi g'alabangdan so'ng hamda Angliyadagi barcha muvaffaqiyatlaringdan keyin bu voqealarning yuz berishi achinarli. Eng yoqtirgan mashg'ulotingni to'xtatganingni eshitish meni xafa qildi.

Albatta, sen baxtli bo'lib qolasan, chunki sen baxt taratuvchi insonsan. Seni sevadigan odamlar sen bilan birga bo'lishda davom etadilar. Endi hayotingda yangi bosqich boshlanadi. Ishonchim komilki, sen bu hayotni tabassum ila davom ettirasan.

Hayotingning yangi bosqichida eng yaxshi tilaklarni tilayman! Seni juda yaxshi ko'raman, do'stim. Seni maydonda hamda terma jamoadagi birga o'tkazgan damlarimizni sog'inaman", - deb yozdi Messi Instagram sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/leomessi