Messi 2005/06 yilgi mavsumdagi antirekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
30 okt 2021, 09:00
Liga 1 doirasida o'tgan PSJ – “Lill” (2:1) bahsida Lionel Messi tanaffusda zaxiraga olindi va gol urolmadi.

Messi musobaqada 5ta o'yinda qatnashib, haligacha o'z hisobiga gol yoki pas yozdirib qo'ya olmayapti. Argentinalik so'nggi bor chempionatdagi bunday antirekordni 2005/06 yilgi mavsum “Barselona”dagi 2-mavsumida qayd etgandi.

Avvalroq, parijliklar ustozi Maurisio Pochettino 34 yoshli futbolchi jarohati tufayli zaxiraga olingani haqida aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka