Mertens "Napoli"ga bo'lgan hurmati bois "Yuventus" taklifini rad qilgan

Sherzod Nurmatov
3 avg 2022, 23:51
"Napoli" sobiq hujumchisi Dris Mertens "Yuventus"ga o'tishni rejalashtirmayapti.

Turin klubi unga yiliga besh million evro maosh bilan 2 yillik bitim taklif qilishga tayyor edi.

O'z navbatida, 35 yoshli futbolchi sobiq jamoasiga bo'lgan hurmati tufayli "Yuventus"ga o'tishdan bosh tortdi.

Mertens Neapol klubida 2013 yildan 2022 yilning yozigacha o'ynadi va shartnomasi tugagach, jamoani tark etdi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib, klub safida 397 ta o'yinda 148 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Juvefc.com