Merson: "Rangnikda hech nima yo'q"

Mirjalol Normatov
13 fev 2022
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Pol Merson "Manchester Yunayted"ning ushbu mavsumdagi muammolari haqida gapirdi.

"Ushbu mavsumdan keyin Rangnik ketsa kerak. Uning qolishi shunchaki imkonsiz.

"Yunayted"ning o'yini yaxshilanganini yozishmoqda, ammo men buni ko'rmayapman. Oldinlari MYUning bunday o'ynaganini ko'rishmasdi.

Rangnikda hech nima yo'q. Faoliyatiga qaraydigan bo'lsa, unda biror reja ko'rinmayapti. Agarda jamoa kuchli to'rtlikka kira olmay, Rangnikni jamoada qoldiradigan bo'lsa, shokka tushib qolsam kerak. Bu yaxshi g'oya bo'lmaydi. MYU tezroq qarorga kelishi kerak", - dedi Merson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal