

Mersonning fikricha, ushbu mag'lubiyat jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchiga katta zarba bo'ldi. "Ikkinchi bo'limda "Manchester Siti" maydonga tushib, "Arsenal"ga haqiqiy futbol darsini o'tib qo'ydi. 25 daqiqa davomida "Arsenal"ning birorta futbolchisi to'pni o'ziga olishni istamadi. Ular shunchaki to'pni tepib yuborib, uni "Siti"ga qaytarib berishdi", - dedi ekspert.
Shuningdek, u londonliklarning boshqa turnirlardagi imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda: "Bu o'yindan so'ng "Arsenal"ning APLdan boshqa sovrin yutishini tasavvur qilolmayman. Agar ular YCHL yarim finalida "Barselona" bilan to'qnash kelsa, kataloniyaliklar "kanonirlar" bilan nimalar qilishi mumkinligini o'ylashdan qo'rqaman".
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" ayni damda APLda peshqadamlik qilmoqda, biroq kubok bahslaridagi omadsizlik muxlislarda xavotir uyg'otmoqda.



