

Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida xalqaro Superkubok musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu musobaqada Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashmoqda. Turnir reglamentiga muvofiq unda 2004-2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar to'p suradi.
Rossiya, Turkiya, O'zbekiston va Kataloniya terma jamoalari ham ishtirok etaayotgan Xalqaro Superkubok musobaqasida dastlabki uchrashuvlar o'tkazilib, finalchilar aniqlandi. Unga ko'ra, “Galaktika” (0:1), “Atletik” (3:0), “Inter” (1:0), “Cumada” (4:1) jamoalari bilan bahs olib borgan o'zbekistonlik futbolchilar finalda rossiyalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqadigan bo'lishdi. Final uchrashuvi esa bugun o'tkaziladi.



