MDH Kubogi o'yinchilari ishtirokida mini-turnir bo'lib o'tdi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2016, 14:20
8-10 aprel kunlari ilk marotaba Toshkent FIFA16 bo'yicha MDH Kubogiga mezbonlik qiladi.

Kecha musobaqaning barcha ishtirokchilari Toshkentga yetib keldi. FIFA o'yinchilari MDH Kubogi oldidan futbol bo'yicha "7x7" ko'rinishida mini-turnir o'tkazishdi. Unda 3 ta jamoa ishtirok etdi: "O'zbekiston terma jamoasi", "Toshkent terma jamoasi" va "MDH terma jamoasi". Bu yigitlar nafaqat komyuter o'yinlarida, balki haqiqiy futbolda ham yaxshi harakat qila olishlarini isbotlashdi. Mini-turnirda uchchala jamoa kuchi teng keldi.

MDH terma jamoasi



Barcha ishtirokchilar



Futbol musobaqasi mehmonlarimizda yaxshi taasurot qoldirdi va ular bu haqida o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo'lishishdi.





Eslatib o'tamiz, bugun FIFA16 bo'yicha MDH Kubogiga qur'a tashlanadi. Qur'adan so'ng O'zbekistonning mashhur sharhlovchilari Davron Fayziev va Mirzahakim To'xtamirzaevlar AAEL finalini sharhlashadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia