Mbappening "Real"dagi taqdimotiga 80 mingdan oshiq inson tashrif buyuradi

Alisher
7 iyul 2024, 18:25
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening "Real"dagi taqdimoti bo'yicha ma'lumot chiqdi.

Hozirgi vaqt tadbirda 80 mingdan oshiq "Real" muxlislarining kelishi kutilmoqda. Taqdimotda chiroqlar shousi rejalashtirilgan, shuningdek, maxsus podium yaratiladi.

Mbappening "Real" futbolchisi sifatidagi taqdimoti 16 iyulga rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" Mbappe bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi "Real"ga PSJdan erkin agent maqomida o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Relevo