Mbappening fikricha, PSJ "Real"ni mag'lub etib, CHL chorak finaliga chiqishga qodir

Aslanov Jasurbek
16 fev 2018, 11:13
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uning jamoasi Chempionlar ligasi chorak final bosqichiga chiqishiga ishonadi.

1/8 finalning ilk bahsida "Real" Fransiya klubini 3:1 hisobida taslim etdi.

"Bizda g'alaba qozonish uchun hamma narsa bor. Ammo yuqori darajadagi qatiylik va sport g'azabi kerak. Bizning stadionda hammma narsa bo'lishi mumkin va muxlislarimiz bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashini bilamiz. Tarix yozish uchun maydonda kuchimizni ayamaymiz" - deb yozdi futbolchi "Instagram"dagi sahifasida.

PSJ va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 6 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia