Mbappedan xayrli ish

Sherzod Nurmatov
7 mar 2023
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 5 yoshli qizi vafot etgan "Nant" futbolchisiga esdalik futbolkasini sovg'a qildi.

PSJ a'zosi Kilian Mbappe "Nant" hujumchisi Ignatius Ganagoni qo'llab-quvvatladi.

Fevral oyida kamerunlik futbolchining 5 yoshli qizi uzoq davom etgan xastalikdan so'ng vafot etgandi.

O'yindan so'ng Mbappe Ganagoga PSJda gol urish bo'yicha rekordni o'rnatgan libosini hadya qildi.

"Men Kilian bilan gaplashdim, u menga katta kuch berdi. Bunday odamlar siz haqingizda o'ylashi juda yoqimli", – dedi Ganago.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Express Sport