Mbappe "Real"ga o'tsa, yiliga 25 mln evro oladi. Unga bonus hisobida 40 mln evro berishadi

Alisher
12 avg 2021, 17:17
Hujumchi Kilian Mbappe PSJdan "Real"ga o'tmoqchi.

Futbolchi hozirdanoq Madrid klubi bilan shartnoma shartlari qanday bo'lishini biladi.

Fransiyalik futbolchi 6 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 25 million evro atrofida maosh oladi. Bundan tashqari, Mbappe erkin agent maqomida o'tgani uchun 40 mln evro oladi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchining PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ABC