Mbappe professional faoliyatidagi va PSJdagi yubiley golini urdi

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2022, 09:15
Fransiya Kubogi 1/16 finalida PSJ 4:0 hisobida “Vann”ni taslim etdi.

Uchrashuvda xet-trikka erishgan Kilian Mbappe parijliklar safidagi gollari sonini 150 taga etkazib oldi.

Shuningdek, u professional faoliyatidagi yubiley 200 hamda 201-gollarini urdi. Kilian 2015-2018 yillar davomida "Monako" sharafini himoya qilgan.

23 yoshli forvard PSJ safidagi oxirgi 4 o'yinda raqib darvozasini 9 bor nishonga oldi. Umuman francuz mavsum davomida klub libosida 25 uchrashuvda qatnashib, 18+15 natija ko'rsatib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr