Mbappe o'z atrofidagilarga PSJda qolish xato bo'lgani haqida gapirgan (France Blue)

Administrator
11 okt 2022, 23:30
Futbolchi Parijda baxtli emas.

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubi bilan shartnomasini uzaytirganini xato deb hisoblamoqda. Bugun ma'lum bo'lishicha, Mbappe qishda klubni tark etmoqchi. Futbolchining fikricha, PSJ vadalarida turmagan.

France Blue nashrining xabar berishicha, Kilian o'z atrofidagi insonlarga xatoga yo'l qo'ygani haqida gapirgan. O'ziga yaqin bo'lgan insonlar davrasida "Biz xato qildik, birinchi navbatda men", -degan Killian Mbappe. 

"Kilianga shartnoma imzolayotgan payt boshqacha, yani aynan u lider bo'ladigan loyihani vada qilishgandi", -deydi Mbappega yaqin bo'lgan manba. 

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe ushbu mavsum PSJ tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib 8 gol kiritishga erishgan.  

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: France Blue