Mbappe APLga o'tadimi?

Fransiyalik futbolchiga Madridning "Real" klubi asosiy davogar ekani aytilayotgan edi.

Le Parisien nashri xabariga ko'ra, PSJ forvardi Kilian Mbappe faoliyatini APLda davom ettirishini istayapti. 21 yoshli hujumchi Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul"da o'ynashga qarshi emas.

Ma'lumot uchun, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Manba: Le Parisien