May. "Buxoro" klubi vakillari "Navbahor" yetakchilarini eng yaxshi sifatida ko'rsatdi

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2018, 13:52
PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev shogirdi Salomovga ovoz berishni maqul deb topdi. Salomovning o'zi esa sobiq jamoasi "Bunyodkor"ning ikki futbolchisini ketma-ketlikda ko'rsatdi.

Murabbiylar masalasida buxoroliklar Ilhom Mo'minjonovni maydagi yetakchi deb topdi. Ular Andrey Fyodorovga ovoz berishmadi. Darvozabon masalasida esa Botirali Ergashevni eng yaxshisi sifatida tan olishdi.

Gollar borasida Salomovning ham, Baqoevning ham gapi bir joydan chiqdi - Arslonmurod Omonovning goli eng chiroyli. Sardor Mirzaevning o'zlariga urgan gollari esa undan keyingi o'rinda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz